«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Frantsiya Liga 1 doirasida «Brest»ga qarshi kechgan o'yinda (1:0) parijliklar darvozaboni Renato Marinning harakatlariga baho berdi.

19 yoshli italiyalik posbon «PSJ» safida dekabr oyida Frantsiya Kubogida debyut qilgan edi. U hozirga qadar klub uchun jami 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Marinning o'yini haqida nima deya olasiz?

— Men futbolchilarimning doimo shay turishini istayman va Renato bilan aynan shu maqsadda ishladik. U o'z vazifasini a'lo darajada uddaladi. Biz tayyor bo'lishimiz kerak, chunki Chempionlar ligasi finaliga atigi ikki hafta qoldi, — dedi Enrike.