Frantsiyaning "PSJ" klubi ustozi Luis Enrike UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Monako"ga qarshi ilk o'yin oldidan darvozabonlar masalasida hazil aralash fikr bildirdi.

"Tinch oqshom kutyapmanmi yoki yo'q — bunga javob berishga qiynalaman. Balki biz darvozabonsiz o'ynarmiz. Bironta ham darvozabon "Monako"ga qarshi o'ynashni istamayapti", — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Footmercato.

Eslatib o'tamiz, Parij grandining so'nggi uchrashuvlarida rossiyalik darvozabon Matvey Safonov asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.