Enrike: "Jamoamizda uchta eng yaxshi darvozabon borligidan juda xursandman"

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Matvey Safonovning darvozadagi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Safonov o'z darajasini namoyish etdi va biz har doim tayyor bo'lgan o'yinchilarni ko'rib juda xursandmiz.
U xarakter va professional yondashuvni namoyish etdi. Jamoamizda uchta eng yaxshi darvozabon borligidan juda xursandman", - deya Enrikening so'zlarini keltiradi RMC Sport.