Enrike: "Fontene" futbolchilari shanba kuni zavq olishlariga umid qilaman"

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Frantsiya kubogi 1/32 finalidan o'rin olgan "Vandea Fontene" klubiga qarshi o'yindan nimalar kutayotganini aytib o'tdi.
"Frantsiya kubogi o'ziga xos, chunki boshqa divizion jamoalariga qarshi o'ynash mumkin. Turnir finali - eng jozibali o'yinlardan biri va biz bu turnirni yaxshi ko'ramiz. Umid qilamanki, "Fontene" futbolchilari shanba kuni zavq olishadi. Biz amaldagi chempionmiz va g'alaba qozonishda davom etmoqchimiz", - deya Enrikening so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
"Vandea Fontene" uchinchi milliy liga guruhlaridan birida ishtirok etadi - bu Frantsiyaning beshinchi divizioni.