Enrike: "EChLni birinchi marta yutish qiyinroq"

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike frantsuz matbuotiga bergan intervyusida Chempionlar Ligasi haqidagi savolga javob berdi.
Ispaniyalik murabbiydan nima qiyinroq: Evropaning eng yaxshi turnirida g'alaba qozonishmi yoki sovrinni himoya qilishmi, deb so'rashdi.
"Bu yaxshi savol. Birinchi marta yutish qiyinroq. Lekin uni himoya qilish ham qiyin. Biz ikkinchi marta g'alaba qozonishimiz mumkin.
Lekin birinchi martadagisi qiyinroq", dedi Enrike.