"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike 18 yoshli Dro Fernandesning jamoadagi debyut goli haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik yarim himoyachi Liga 1 ning "Nitstsa"ga qarshi o'yinida oxirgi daqiqalarda zaxiradan maydonga tushib, hisobni 3:0 ga etkazdi.

Parijliklar o'yin oxirida yana bir gol urib, 4:0 hisobidagi g'alabani nishonlashdi. "Gap faqat golda emas - Dro biz uchun muhim edi. Biroq, albatta, uning birinchi goli har doim alohida ahamiyatga ega.

Murabbiy sifatida men uchun futbolchilarning o'sib borayotganini kuzatish ayniqsa yoqimli", dedi Enrike matbuot anjumanida.