«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Arsenal»ning Angliya Premer-ligasidagi g'alabasi haqida o'z fikrlarini bildirdi. «Kanonirlar» 22 yil deganda birinchi marta chempionlikni qo'lga kiritishdi. Mikel Arteta jamoasi yakuniy jadvalda «Manchester Siti»dan etti ochko oldinlab ketdi.

«Men hayron qolganim yo'q. «Arsenal» Angliyaning eng yaxshi jamoasi bo'ldi va haqli ravishda g'alaba qozondi. «Manchester Siti»dek raqib ta'qibida bunga erishish oson emas. Arteta u erda olti yarim yildan beri ishlamoqda. U jamoani juda yaxshi biladi», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, «Arsenal» va «PSJ» shanba kuni Chempionlar ligasi finalida o'zaro to'qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.