Braziliya MTJ vingeri Luis Enrike Anchelotti haqida gapirdi. 

- Karlo Anchelotti bilan ilk muloqotingiz qanday kechgan?

- Aloqa 100 foiz ishonchli o'tdi deb aytmagan bo'lardim, lekin uning meni maqtagani juda muhim edi. U xalqaro miqyosda ko'plab unvonlarni qo'lga kiritgan ajoyib murabbiy.

Bu uchrashuvdagi o'yinimdan mamnunman, chunki jamoaga yordam berdim. Umid qilamanki, o'yinlarda ham, mashg'ulotlarda ham xuddi shunday ruhda davom eta olaman", - dedi Luis Enrike.