"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike nima uchun 19 yoshli yarim himoyachi Senni Meyulyuni Chempionlar Ligasi doirasida "Atalanta"ga qarshi o'yinda hujumchi sifatida maydonga tushirishga qaror qilganiga javob berdi.

Umumiy bosqichning 1-tur uchrashuvi parijliklarning yirik 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Biz "Atalanta" pressing qilishini kutgandik, shuning uchun hujumchi pozitsiyasiga Senni Meyulyuni tushirishga qaror qildik. U juda harakatchan, raqib orqasidan yugura oladi, shuningdek, to'p bilan juda yaxshi harakat qiladi, bu bizga katta yordam berdi", - deya Enrikening so'zlarini keltiradi PSG Report.

Joriy mavsumda Meyulyu barcha musobaqalarda ikkita o'yinda maydonga tushdi.