Engilmas Inouening yangi raqibi ma'lum. U ham hali biror marta mag'lub bo'lmagan (foto)

Naoya Inoue o'zining navbatdagi jangini Saudiya Arabistonida o'tkazadi.
Ikkinchi engil vaznda jahonning absolyut chempioni Naoya Inoue (31-0, 27 nokaut) 27 dekabr kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) bo'lib o'tadigan turnirda o'z jangini o'tkazishi kutilmoqda.
Inouega 25 yoshli meksikalik Alan Pikasso (32-0, 17 nokaut) raqib bo'ladi.
Inoue so'nggi jangida hamyurtimiz Murodjon Axmadalievni engib, jahonning mutlaq chempionligi unvonini saqlab qolgandi.

Manba: sports.ru