Xorvatiyaning Zagreb shahrida engil atletika bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Anvar Anvarov oltin medalni qo'lga kiritdi.

Yurtdoshimiz uzunlikka sakrash sektorida 8,29 metr natija ko'rsatdi. E'tiborlisi, ushbu natija O'zbekistonning yangi milliy rekordi sifatida qayd etildi. Avvalgi milliy rekord ham Anvarovga tegishli bo'lib, u o'tgan yili Finlyandiyada 8,25 metrga sakragan edi.

1. Anvar Anvarov (O'zbekiston) — 8,29 metr
2. Luka Boshkovich (Serbiya) — 8,23 metr
3. Tajey Geyl (Yamayka) — 8,18 metr

Manba: Stadion.uz