Endrikning «Lion»dagi samaradorligi: 14 o'yinda 11 ta foydali harakat

Yanvar oyida «Real»dan ijaraga olingan Endrik Liga 1ning 27-turi doirasidagi «Monako»ga qarshi o'yinning (1:2) 43-daqiqasida hisobni ochgan Pavel Shultsga golli uzatma etkazib berdi.
Bungacha Endrik ketma-ket ikkita o'yinda — Frantsiya chempionatida «Gavr» (0:0) va Evropa Ligasida «Selta»ga (0:2) qarshi bahslarda gol yoki assist qayd eta olmagan edi.
19 yoshli braziliyalik futbolchi «Lion» tarkibida o'zining 14-o'yinini o'tkazdi. Ushbu davr mobaynida u 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.