Braziliyalik forvard Endrik yaqin transferlar davrida "Real"ni tark etishi mumkin. Bu haqda ESPN jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 19 yoshli hujumchi Evropaning bir qator klublari qiziqishlari doirasiga kirgan. Endrikka da'vogarlardan biri Frantsiyaning "Marsel" klubi ekani aytilmoqda. Provansliklar qishda taklif bilan chiqishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Braziliyalik va "qaymoqranglilar" o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 35 million evroni tashkil etadi.

Endrik Ispaniya chempionatining o'tgan mavsumida 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.