"Lion"da ijara asosida to'p tepayotgan "Real" hujumchisi Endrik Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Braziliyalik portugaliyalik superyulduzni futboldagi asosiy kumiri deb bilishini tan oldi.

"Ronaldu - mening birinchi raqamli kumirim. Meni eng hayratga soladigani, u 40 yoshida ham hammadan ko'ra ko'proq ishlashda davom etmoqda. Krishtianuning faoliyati yakuniga etmoqda, ammo u hali ko'p yillar o'ynashga qodir. Shunday bo'lishiga umid qilaman.

Jahon chempionatida Ronaldu bilan to'qnashuv? Juda yaxshi bo'lardi. Umid qilamanki, bu sodir bo'ladi va biz g'alaba qozonamiz", - deya Endrikning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.

5 fevral kuni Krishtianu Ronaldu 41 yoshni qarshi oladi.