Hujumchi Endrik "Real"ni tark etib, o'yin amaliyoti uchun Frantsiya chempionatiga yo'l oldi. Seshanba kuni "Lion" 19 yoshli braziliyalikni mavsumning ikkinchi qismi uchun ijaraga olganini e'lon qildi.

Liga 1 klubi ijtimoiy tarmoqlarda Endrikning o'z safiga o'tgani haqida post qoldirdi. Braziliyalik futbolchi bu postga izoh qoldirdi.

"Olg'a, "Lion", - deb yozdi Endrik.

Mavsumning birinchi qismida Endrik "Real"ning faqat uchta rasmiy o'yinida maydonga tushdi. Yosh futbolchi maydonda 99 daqiqa o'tkazdi xolos.