Endrik «Real»ga qaytishdan ko'ra «Lion»da qolishni afzal ko'rmoqda

Madridning «Real» klubidan «Lion»ga ijaraga berilgan hujumchi Endrik Frantsiyada qolmoqchi ekanligini ma'lum qildi. Ijara shartnomasi mavsum yakuniga qadar amal qiladi va lionliklarda braziliyalik futbolchini sotib olish huquqi mavjud emas. Shunga qaramay, 19 yoshli o'yinchi jamoada qolishdan mamnun bo'lishini ochiq-oydin bildirdi.
«To'g'risini aytsam, «Lion»da qolishni juda xohlardim. Klubda o'zimni qulay his qilishim uchun barcha ishlar qilinmoqda. Men bu erda baxtliman. Biroq, agar kerak bo'lsa, albatta «Real»ga qaytaman», — deya Endrikning so'zlarini keltirmoqda The Touchline.
Yakshanba kuni hujumchi Paulu Fonseka shogirdlarining «Renn» ustidan qozonilgan g'alabasiga (4:2) o'z goli bilan hissa qo'shdi.