Endrik "Lion" va APLdan birini tanladi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik katta ehtimol bilan o'yin amaliyoti uchun boshqa jamoaga yo'l oladi.
Turli manbalar bir necha bor xabar berganidek, braziliyalik futbolchi qishki transferlar oynasi ochilishi bilan "Lion"ga ijaraga ketishga tayyor. Romanoning ma'lum qilishicha, 19 yoshli futbolchini Angliya premer-ligasi vakillari ham o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda, ammo forvard hamon frantsuz klubiga o'tishga qat'iy qaror qilgan.
O'yinchining rejalari o'zgarishi dargumon. Endrik joriy mavsumda atigi bir marta maydonga tushdi.