Endrik Frantsiyada ikkinchi samarali harakatini qayd etdi.

"Lion" hujumchisi "Brest" darvozasiga kiritilgan ikkinchi golda ishtirok etdi. U birinchi taym oxirida Abner Santosga golli uzatma berdi.

11 yanvar kuni ham "Real"dan ijaraga olingan braziliyalik futbolchi o'zini ko'rsatgan edi. U Frantsiya kubogi o'yinida "Lill"ga qarshi g'alaba keltirgan golni urgandi.