«Lion» hujumchisi Endrik yanvar oyi yakunlariga ko'ra Liga 1’ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

19 yoshli braziliyalik futbolchi Frantsiya chempionatida 4 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozib qo'ydi.

Endrik 2025 yil dekabr oyi oxirida Madridning «Real» klubidan Frantsiya jamoasiga ijara asosida o'tgan edi. Kelishuv 2025/26 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 25 million evroga baholamoqda.