"Real" hujumchisi Endrik ijara asosida "Lion"ga o'tadi.

RMCSport xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi frantsuz klubidagi ilk mashg'ulotini 29 dekabr kuni o'tkazadi. Endrik ilk o'yinini 3 yanvar kuni "Monako"ga qarshi o'tkazishi mumkin.

Forvard joriy mavsumda "qirollik klubi" safida 2 ta o'yinda 22 daqiqa harakat qildi.