Hujumchi Endrik 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi qismini "Lion"da o'tkazadi. Seshanba kuni frantsuz klubi Endrikni "Real"dan 1 million evro evaziga ijaraga olganini e'lon qildi.

Endrik allaqachon "Lion"da o'yin raqamini tanlagan. Klub matbuot xizmati braziliyalik futbolchining 9-raqam aks etgan futbolka bilan tushgan suratini e'lon qildi.

Endrik barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Lion"ga yo'l oldi. Mavsumning birinchi qismida 19 yoshli braziliyalik futbolchi "Real"ning faqat uchta o'yinida maydonga tushdi.

Frantsiya chempionatining navbatdagi o'yinini "Lion" 3 yanvar kuni safarda "Monako"ga qarshi o'tkazadi. Hozirda "to'quvchilar" Liga 1 turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.