«Real»ning ehtimoliy bosh murabbiyi Joze Mourino Endrikni kelasi mavsumda jamoa tarkibida ko'rishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 19 yoshli braziliyalik hujumchi nafaqat madridliklarning yangi murabbiyi, balki klub rahbariyatining ham uzoq muddatli rejalariga kiritilgan.

Eslatib o'tamiz, Endrik mavsumning ikkinchi yarmini Frantsiyaning «Lion» klubida ijara asosida o'tkazib, o'zini yorqin ko'rsatishga muvaffaq bo'lgandi. Frantsuz jamoasi safida hujumchi barcha turnirlarda 21 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Braziliyalik futbolchi terma jamoaning jahon chempionati uchun qaydnomasiga ham kiritilgan.