Endrik: "Jahon chempionatiga borishni va Braziliyaga g'alaba qozonishda yordam berishni orzu qilaman"

"Real"dan ijaraga olingan "Lion" hujumchisi Endrik Braziliya terma jamoasiga jahon chempionligini qo'lga kiritishda yordam bermoqchi ekanini aytdi.
- "Lion"da jahon chempionati uchun shu erdamisan?
- Yo'q, men bu erga baxtli bo'lish, o'ynash uchun kelganman. Albatta, men buni orzu qilaman va bu o'zgarmaydi. Xudo xohlasa, jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurashaman, ammo mening vazifam - bu erda o'zimni yaxshi ko'rsatish, chunki klubda yomon o'ynasang, terma jamoaga da'vogarlik qila olmaysan. Vazifam - "Lion" uchun qo'limdan kelganini qilish. O'shanda qolgan hamma narsa keladi. Shu jumladan, mamlakatga jahon chempionatida g'olib chiqishga yordam berish imkoniyati, dedi futbolchi.