Endrik emas: Anchelotti Braziliyaning JCh-2026 dagi ilk o'yini uchun hujumchi tanladi

Braziliya terma jamoasi tez orada Jahon chempionatidagi yurishini boshlaydi. Guruh bosqichining 1-turida Karlo Anchelotti shogirdlari Marokashga qarshi maydonga tushadi.
Globo Esporte nashriga tayanib The Touchline bergan xabarga ko'ra, Anchelotti markaziy hujumchi pozitsiyasida Mateus Kunyani asosiy tarkibda maydonga tushirishni rejalashtirmoqda. Endrik esa «selesao»ning mundialdagi ilk uchrashuvini zaxira o'rindig'ida boshlaydi.
Braziliya va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.