Endrik Braziliya terma jamoasida yana porladi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik Braziliya terma jamoasining Misrga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida eng yaxshi futbolchi deb topildi.
19 yoshli futbolchi tanaffusdan so'ng zaxiradan maydonga tushdi va 52-daqiqada gol urib, tabloda yakuniy hisobni o'rnatdi — 2:1. Final hushtagi chalinganidan keyin yosh forvard uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb e'tirof etildi.
Endrik 2024 yilning 9 iyunidan buyon ilk bor Braziliya terma jamoasi safida gol urishni uddaladi. Umumiy hisobda uning «pentakampeonlar» (besh karra jahon chempionlari) safidagi gollari soni 17 ta uchrashuvda 4 taga etdi. Iqtidorli braziliyalik futbolchi yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmini Frantsiyaning «Lion» klubida ijarada o'tkazdi va u erda o'zini ko'rsata olgani evaziga terma jamoaning jahon chempionati uchun qaydnomasidan joy oldi.