Endrik Braziliya terma jamoasi safida jahon chempionatida debyut qildi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrik jahon chempionatidagi o'zining ilk uchrashuvini o'tkazdi.
«Selesao» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 19 yoshli futbolchini Gaiti bilan bahsning 64-daqiqasida, o'yinda dubl qayd etgan Mateus Kunyaning o'rniga maydonga tushirdi. Porlayotgan yangi yulduz maydonga tushgan vaqtda tabloda allaqachon 3:0 hisobi aks etib turgan edi.
Endrik uchun bu mundialning final bosqichi doirasidagi debyut o'yin bo'ldi. Guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Marokashga qarshi uchrashuvda madridning «Real» klubi istiqbolli forvardi zaxira o'rindig'ida qoldirilgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar