"Lion"ga ijara asosida o'tgan "Real" hujumchisi Endrik bir paytlar Karlo Anchelotti unga qanday maslahat berganini aytib berdi.

Endrik italiyalik mutaxassis bilan "Real"da ishlashga ulgurgan.

"Uning maslahati - bor, o'yna va futbolingni ko'rsat. Men har doim unga amal qilishga harakat qilaman," - deya 19 yoshli forvardning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Endrik 2025/2026 yilgi mavsumda madridliklar safida atigi uchta o'yinda maydonga tushdi. Shunga qaramay, jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchini maqtadi.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum yakuniga qadar "Lion" sharafini himoya qiladi. U kubokdagi debyutini "Lill"ga qarshi o'tkazishi mumkin.