Endrik Anchelottining Braziliya terma jamoasidagi faoliyatiga baho berdi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrik jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqida nima deb o'ylashini ma'lum qildi.
Italiyalik mutaxassis o'tgan yilning yozi boshida ushbu lavozimni egallagan edi. Jahon chempionati — 2026’da braziliyaliklar hozirgacha ikkita o'yin o'tkazib, ularda Marokash bilan ochko bo'lishishdi (1:1) va Gaitini tor-mor etishdi (3:0).
«Anchelotti — buyuk murabbiy, menga uning yondashuvi juda yoqadi. Karlo biz bilan ishlayotgani uchun Xudoga shukrona aytaman. U Endrik uchun yoki muxlislar uchun emas, balki butun jamoa uchun bor kuchini bermoqda», — deya Gaiti bilan bahsda zaxiradan maydonga tushib, mundialda debyut qilgan Endrikning so'zlarini keltiradi Madrid Zone nashri.
25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da «selesao»ning Shotlandiyaga qarshi bahsi start oladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar