Endrik: "Anchelotti menga muhim maslahat berdi"

Madridning "Real" klubidan ijaraga olingan "Lion" hujumchisi Endrik Karlo Anchelotti bilan bo'lgan suhbat haqida gapirdi.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi 19 yoshli futbolchi yanvar oyi boshida Frantsiyaga ketganidan keyin u bilan aloqaga chiqqan.
"Men "Lion"ga o'tganimda Anchelotti bilan ajoyib suhbat qurdik. U menga juda kerakli maslahat berdi. Endi yaxshilanishda davom etish va yangi bosqichga chiqish uchun astoydil ishlash kerak", - dedi braziliyalik yosh futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti Endrik bilan "Real"da birga ishlagan.