«Endi biz porlaymiz!»: Saka «Arsenal»ning tarixiy chempionligidan so'ng raqiblarga «salom» yo'lladi

«Arsenal» hujumchisi Bukayo Saka London jamoasining APLdagi chempionligini nishonladi.
«Qani, boshladik! 22 yil davomida ular ustimizdan kulib, hazillar qilishdi, endi esa kula olishmaydi. Endi biz porlaymiz!» — dedi Saka ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videoda.
Seshanba kuni, 19 may kuni «Manchester Siti» «Bornmut»ni mag'lub eta olmaganidan so'ng (1:1), «kanonirlar» ta'qibchilari uchun mutlaqo ettib bo'lmas darajaga chiqishdi. Chempionat tugashiga bir tur qolganda «Arsenal» hisobida 82 ochko bor, ikkinchi o'rinda borayotgan «Siti»da esa 78 ochko mavjud.
«Arsenal» o'z tarixida 14-bor Angliya chempionligini qo'lga kiritdi. Londonliklar 2003/04 yilgi mavsumdan beri ilk bor APL g'olibiga aylanishdi — o'shanda «kanonirlar» Arsen Venger boshchiligida Premer-ligada birorta ham mag'lubiyatga uchramay chempion bo'lishgan edi.