En-Nesiri APL klubiga o'tishi mumkin

"Fenerbahche" markaziy hujumchisi Yusuf En-Nesiri faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 28 yoshli marokashlik forvardga "Everton" qiziqish bildirmoqda.
"Irislar" En-Nesirini mavsum oxirida 20 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olishga tayyor.