Emmanuel Peti Zidanning Frantsiya termasiga tayinlanishiga munosabat bildirdi

Zinedin Zidanning Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodi Frantsiya futbol federatsiyasi rahbariyati tomonidan tanlangan ajoyib variant hisoblanadi. Bu qarorni terma jamoa sobiq yarim himoyachisi, Zidanning jamoadagi sherigi va jahon chempioni Emmanuel Peti yuqori baholadi.
Ekspertning so'zlariga ko'ra, Zidan jamoada namunali intizomni o'rnatishga yordam beradigan kuchli xarizmaga ega.
«U nimagaki qo'l urmasin, oltinga aylanadi. U ko'p gapiradiganlardan emas, lekin gapirganda futbolchilarning ongiga ta'sir o'tkaza oladi», — dedi Peti RMC Sport bilan suhbatda.
Avvalroq, 2026 yilgi jahon chempionatida Angliyaga qarshi kechadigan uchinchi o'rin uchun bahs Dide Deshamning bosh murabbiy sifatidagi so'nggi o'yini bo'lishi xabar qilingan edi. Uning qo'l ostida «uch ranglilar» Rossiyadagi mundialda g'olib chiqishgan va to'rt yil o'tib Qatarda kumush medallarni qo'lga kiritishgandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar