"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini Turkiyada davom ettirishi dargumon.

Fanatik xabariga ko'ra, 32 yoshli argentinalik golkiper "Galatasaroy" qiziqishlari doirasida emas. U katta ehtimol bilan kamida qishgacha "Villa" safida qoladi.

Emiliano hozirda Transfermarkt portalida 20 million evroga baholanmoqda.