"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri hujum chizig'ini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

The Athletic nashrining xabar berishicha, "Aston Villa" "Kristal Pelas" hujumchisi Jan-Filipp Matetaga qiziqish bildirgan.

Matbuot ilgari Mateta bilan "Yuventus" o'rtasidagi ehtimoliy kelishuv borasida xabarlar tarqatgan edi.

Biroq Turin klubi 28 yoshli frantsuzning narxini juda yuqori deb hisoblagan - "Kristal Pelas" 40 million evro so'ramoqda.