Emeri "Real" haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Madridning «Real» klubi tomonidan qiziqish haqida tarqalayotgan mish-mishlarga munosabat bildirdi.
54 yoshli mutaxassis yaqinda «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'rniga asosiy nomzodlardan biri sifatida tilga olingan edi. Payshanba kuni «Villa»ning Liga Evropa doirasidagi "Red Bull Zaltsburg"ga qarshi uchrashuvidan so'ng Emeridan shu gap-so'zlar haqida so'rashdi.
“Real” haqidagi gaplarmi? Bu haqda aytadigan gapim yo'q", — deya Emerining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Emerining "Aston Villa" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.