Emeri qishki transferlar haqidagi savolga javob berdi

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri klubning qishki transferlar bozoridagi rejalari haqida fikr bildirdi.
"Klub mumkin bo'lgan variantlar ustida mas'ullar bilan ishlamoqda. Agar tarkibni kuchaytirish imkoni bo'lsa, buni amalga oshiramiz", - dedi Emeri jurnalistlarga matbuot anjumanida.
"Aston Villa" Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Jamoa 10 yanvar, shanba kuni milliy kubokning 3-raundida "Tottenxem" mehmoni bo'ladi.