Emeri nima uchun Elliott "Manchester Siti"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmaganiga izoh berdi

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri yarimhimoyachi Xarvi Elliott nega "Manchester Siti"ga qarshi kechgan o'yinda qaydnomaga kiritilmagani haqidagi savolga javob berdi. APL 9-turidan o'rin olgan uchrashuv "sherlar"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"Men unga shu ruhda davom etishini aytdim. Xarviga ishonaman. Men undan mamnunman, u yaxshi mashq qilmoqda. U juda intiluvchan, u yaxshi yigit. Bu taktik qaror edi", - deya Emerining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Sentyabr oyida "Aston Villa" Eliottni mavsum oxirigacha "Liverpul"dan ijaraga oldi. "Sherlar" safida u barcha turnirlarda beshta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.