Emeri Garnachoni «Aston Villa»ga o'tishga qanday ko'ndirgani ma'lum bo'ldi

«Chelsi» vingeri Alexandro Garnacho «Aston Villa»ga o'tishga yaqin turibdi. Birmingemliklar 22 yoshli futbolchini «juda oddiy» shartlar bajarilgan taqdirda kuchga kiradigan majburiy sotib olish huquqi bilan ijaraga olishmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik futbolchi so'nggi yillarda duch kelgan tanqid va masxaralar sababli Angliyadan ketishni rejalashtirayotgan edi. Biroq «Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri futbolchini fikridan qaytarishga erishdi:
«Biz sening karerangni qayta tiklashga qodirmiz», — degan ispaniyalik mutaxassis futbolchiga.
O'tgan yilning yozida Alexandro Garnacho «Manchester Yunayted»dan «Chelsi»ga 46,2 million evro evaziga o'tgan edi. Futbolchi «ko'klar» safida 43 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatma yozib qo'ygan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar