Emeri Evropa Ligasida boshqa barcha murabbiylardan ikki barobar o'zib ketdi

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa Ligasi yarim finaliga chiqish borasida istalgan boshqa murabbiydan ikki baravar ko'proq natija qayd etgan.
Emeri o'z murabbiylik faoliyati davomida ettinchi bor Evropa Ligasining 1/2 final bosqichiga etib keldi. Boshqa birorta murabbiy hisobida uchtadan ortiq yarim final mavjud emas.
Bungacha Emeri «Valensiya» (2012), «Sevilya» (2014–2016), «Arsenal» (2019) va «Vilyarreal» (2021) jamoalarini ushbu bosqichgacha boshlab kelgan. U faqatgina yuqoridagi klublardan birinchisi — «Valensiya» bilan finalga chiqa olmagan, xolos.