Emeri: "Biz chempionlik poygasida bosimni his qilmayapmiz"

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya Premer-ligasining 16-turida "Vest Xem" ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Mening o'yinchilarim taktik tomonlama tartibli va intizomli. Ular o'z fazilatlarini bizning o'yin rejamiz doirasida namoyish etishlari kerak va bugun ham shunday qilishdi.
Biz chempionlik poygasida bosimni his qilmayapmiz - biz ambitsiyalarni his qilyapmiz. Biz ham Evropa musobaqalarida, ham Premer-ligada raqobatlashishga harakat qilyapmiz.
Biz har bir o'yindan zavqlanishimiz, yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz va keyin dam olishimiz kerak", dedi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, "Aston Villa" ayni damda turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.