Evropa ligasi umumiy bosqich 6-turidan o'rin olgan o'yinda Birmingemning "Aston Villa" jamoasi Shveytsariyaning "Bazel" klubini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'yindan so'ng ingliz jamoasi ustozi Unai Emeri o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz juda yaxshi kayfiyatdamiz. Ushbu davrni "Aston Villa" muvaffaqiyatli o'tkazmoqda. Bu uchrashuvda 90 daqiqa barqaror o'ynay olmadik, ammo baribir g'alaba qozondik. Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatdi. Evropa Ligasi klubimiz uchun muhim turnir," - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Ortda qolgan olti turdan so'ng "Aston Villa" 15 ochko jamg'arib, jadvalda uchinchi o'rinda bormoqda.