Embolo Shveytsariya terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga uchib keta olmadi

Shveytsariya terma jamoasi hujumchisi Brel Embolo JCh-2026 oldidan kutilmagan muammoga duch keldi. Terma jamoa matbuot xizmati xabar berishicha, forvard mamlakatga kirish uchun ruxsatnoma bilan bog'liq muammolar tufayli jamoadoshlari bilan birga AQShga uchib keta olmadi.
Futbolchining ESTA (elektron sayohat ruxsatnomasi) hujjati ertalab tasdiqlangan edi, biroq keyinroq Amerika rasmiylari hujjatni qo'shimcha tekshiruvdan o'tkazishga qaror qilishdi. Hozirda Shveytsariya tomoni tegishli xizmatlar bilan aloqada bo'lib, Embolo yaqin sutka ichida jamoaga qo'shilishiga umid qilmoqda.
Shveytsariya terma jamoasi seshanba kuni Jahon chempionati vaqtida qarorgoh sifatida foydalanadigan San-Diego shahriga jo'nab ketdi.