Moskvaning TsSKA klubi yozgi transfer oynasida ancha mashhur hujumchi Brel Embolo bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rgan.

"Armiyachilar" 28 yoshli shveytsariyalik bilan bog'lanishgan va u Fabio Chelestini jamoasi safiga qo'shilishga tayyorligini bildirgandi.

Biroq Evropa top-ligalarida transfer oynasi yopilgan kuni “Renn” Embolo uchun “Monako”ga 15 million evro taklif qildi va uni sotib oldi.