Arits Elustondo endi «Real Sosedad» safida to'p surmaydi.

Klub 32 yoshli himoyachi mavsum yakunida jamoani tark etishini e'lon qildi.

«Sosedad» tarbiyalanuvchisi bo'lgan Elustondo San-Sebastyan klubining asosiy jamoasida 11 mavsum davomida to'p surdi va jami 310 ta o'yinda ishtirok etdi. Ushbu davr mobaynida u ikki bor Ispaniya Kubogi g'olibiga aylangan.