OCHL Elit. 1-tur

Jidda, "King Abdulla Sport Siti" stadioni

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Paxtakor" (O'zbekiston) 1:1

Gollar: 86 - Flamarion Filo, 90+3 - Firas Al-Brikan

Hakamlar: Abdulla Jamali (Kuvayt)

Qanot hakamlari: Saud Al-Shemali, Ali Jraq (Kuvayt)

To'rtinchi hakam: Muhammad Issa (Livan)

VAR: Abdulla Arab, Ammar Ashkanani (Kuvayt)

Komissar: Ali Jebril (Falastin)

"Al Ahli": 16.Eduar Mendi, 4.Ibrahima Diabi (6.Valentin Atangana, 62’), 13.Galeno (11.Meshal Al-Mutayri, 53’), 15.Said Baattia, 17.Ivan Toni (9.Firas Al-Brikan, 68’), 20.Mateus Martins, 28.Merix Demiral (5.Muhammad Sulaymon, 68’), 31.Saad Balobaid, 46.Rayan Hamed, 47.Saleh Abu Alshamat, 66.Naif Masud (8.Eduard Spercyan, 46’)

Zaxira: 62.Abdulloh Abdo, 72.Salmon Al-Jadani, 3.Rojer Ibanes, 7.Fransisko Trinkao, 21.Abdulloh Radif, 25.Faysal Fallatah

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin (5.Morteza Puraliganji, 46’), 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov, 10.Akmal Mozgovoy (13.Muhammadali Dilshodbekov, 87’), 17.Dostonbek Hamdamov (50.Flamarion Filo, 68’), 21.Bashar Resan, 23.Abdurauf Bo'riev, 29.Ayman Husayn (90.Stiven Chinedu, 69’), 34.Sherzod Nasrullaev (7.Hojiakbar Alijonov, 78’), 55.Muhammadrasul Abdumajidov

Zaxira: 25.Rasul Mamatov, 35.Sanjar Quvvatov, 6.Sardor Mirqobilov, 26.Davron To'laganov, 33.Quvonchbek Saydaliev, 44.Diyor Ermanov

Ogohlantirishlar: 63 - Ibrohim Ibragimov, 64 - Saleh Abu Alshamat, 90+6 - Eduard Spercyan

90+7. O'yin yakunlandi.

90+6. Sal qolsa yana bir gol o'tkazib yuborishimiz mumkin edi… Hayriyatki, to'pga “Al Ahli” futbolchilari eta olmadi.

90+4. Haa, alamgi bo'ldi, do'stlar. Boya Bashar sherigiga past berib, ikkinchi golni urganida bormi…

90+3. GOL. Firas Al-Brikan hisobni tenglashtirdi. Spercyanning erlatib bergan zarbasini Nazarov qaytardi, so'ng uni Firas darvozaga joylab qo'ydi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Bashar hujumda yaxshi vaziyatga ega bo'ldi, ammo darvozaga zarba bera olmadi.

89. “Al Ahli” futbolchisi “Paxtakor” jarima maydonchasi ichida yiqildi, bosh hakam hech qanday qoidabuzarlik yo'qligini bildirdi.

87. Endi o'yinning so'nggi daqiqala “yonadi”!

86. GOL! Flamarion hisobni ochdi!!! Ajoyib kombinaciya, Chineduning ajoyib uzatmasidan so'ng Flamarion darvozabonning ustidan to'pni oshirib qo'yib, gol urdi!

84. Endigi zarba esa Spercyandan bo'ldi! Bunisi ham noaniq.

82. Saleh Abu Alshamatning uzoqdan bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

80. Endi Mozgovoyga tibbiy yordam ko'rsatilyapti. Boya Sherzodning o'rniga Alijonov o'yinga qo'shilgandi.

76. Nasrullaev jarohat olgan ko'rinadi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

72. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishi uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

72. Al-Brikanning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

69. Har ikkala jamoa safida ikkitadan o'zgarish amalga oshirildi.

67. Balobaidning erlatib burchakka yo'llagan zarbasini Nazarov bartaraf etdi!

64. Ikki daqiqa ichida ikki jamoa vakiliga bittadan sariq kartochka ko'rsatildi.

59. Diabi jarohat oldi, unga nisbatan tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U o'zgartirilishi kutilmoqda.

58. Hamdamov oldinga yaxshi yurish qilayotgandi, biroq raqib ortidan kelib to'pni olib qo'ydi. O'ng qanotda Mozgovoy ochiq edi…

55. Basharning zarbasidan so'ng to'p raqibga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi “Paxtakor” foydasiga.

54. Ayman chamasi 24 metrlardan zarba bermoqchi bo'ldi, biroq to'p oyoqqa tushmay qoldi…

52. Burchakdan uzatilgan to'pni Rayan Hamed bosh bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

49. Mezbonlar yana oldinga o'tmoqda, ammo hujumlari xavfli ko'rinmayapti. “Sherlar” himoyasi faol qarshilik ko'rsatmoqda.

46. Har ikki jamoa safida bittadan o'zgarish amalga oshirildi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

34. O'yin tempini yuqori deb bo'lmaydi, bahs asosan maydon markazida kechmoqda.

29. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishi uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

25. “Sherlar”dan aytarli vaziyat bo'lmadi hali-hamon.

20. Burchakdan uzatilgan to'pni Toni darvozaga yo'lladi, ammo noaniq ketdi.

12. Tahsin “sherlar” jarima maydonchasi ichida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatni bartaraf eta oldi.

5. Aymanga nisbatan raqib jarima maydonchasi ichida tirsakda jarohat etkazildi, biroq holat penaltiga tortadi deya baholanmadi.

4. Nazarovning xatosidan so'ng sal qolsa mezbonlar darvoza oldida xavfli holat keltirishlari mumkin edi…

2. Ilk daqiqadanoq mezbonlar hujumga o'tib, darvoza tomon zarba yo'llandi, ammo aniq bo'lmadi.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni OFK Elit Chempionlar ligasi 1-tur bahsi - "Al Ahli" - "Paxtakor" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!