Elit OCHL. "Paxtakor" o'z maydonida "Al Qodisiya"bilan durang o'ynadi

Elit OCHL
2-tur
“Paxtakor” – “Al Qodisiya” 1:1
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 18:45
Gollar: 0:1 – 35, Tijjani Reynders (Kristofer Baa); 1:1 – 89, Dostonbek Hamdamov (penalti)
"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 4. Zaid Tahsin, 5. Morteza Purali Ganji (27. Sardor Sobirxo'jaev, 82), 7. Hojiakbar Alijonov, 10. Akmal Mozgovoy (9. Ibrohim Ibragimov, 90+3), 21. Bashar Resan (77. Oybek Bozorov, 77), 23. Abdurauf Bo'riev, 34. Sherzod Nasrullaev, 50. Flamarion (17. Dostonbek Hamdamov, 77), 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 90. Stefen Chinedu (29. Aymen Husayn, 77)
Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 99. Maksim Murkaev, 6. Sardor Mirqobilov, 8. Dilshod Saitov, 16. Miraziz Abdukarimov, 20. Dilshod Abdullaev, 22. Muhammad-Bobur Karimov.
"Al Qodisiya": 1. Koen Kastels, 4. Jehad Zikri, 5. Yulian Vaygl, 8. Nahitan Akosta, 10. Musab Al Juvayr (15. Muhammad Al Qahtoni, 69), 14. Tijjani Reynders, 17. Pedro Gaston, 22. Kristofer Baa (70. Sulaymon Sani, 81), 26. Ali Diabate (12. Yasir Ash-Shahroni, 69), 32. Mateo Retegi, 33. Xulian Kinones.
Zaxira: 28. Ahmad Al Kassar, 50. Meshari Abdulaziz Sunyur, 7. Turki Alammar, 9. Abdullah Ibrohim Salem, 18. Abdulmalik Solih Al Jober, 27. Eyad Hussa, 30. Mahamadu Sangare, 35. Ahmad Al Siyahi.
Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy (33), Ali Diabate (62)
🏁 90+7'. O'yin yakunlandi! Hakamning final hushtagi yangradi.
90+6. Xavfli vaziyat! Burchakdan uzatilgan to'pga Tahsin bosh bilan zarba yo'lladi, biroz noaniq.
🔄 90+3'. "Paxtakor" tarkibida o'zgarish: Akmal Mozgovoy o'rniga Ibrohim Ibragimov maydonga tushdi.
⏱ 90'. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.
⚽️ 89'. GOOOL! Dostonbek Hamdamov o'zi ishlagan penaltini sovuqqonlik bilan aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi – 1:1!
🎯 88'. "Al Qodisiya" darvozasiga penalti belgilandi! Jarima maydonchasi ichida Dostonbek Hamdamov bosh bilan zarba yo'llagan vaziyatda to'p Yasir Ash-Shahronining qo'liga tegdi va bosh hakam 11 metrlik nuqtaga ishora qildi.
🔄 82'. "Paxtakor" tarkibida o'zgarish: Morteza Purali Ganji o'rniga Sardor Sobirxo'jaev maydonga tushdi.
🔄 81'. "Al Qodisiya" tarkibida o'zgarish: Kristofer Baa o'rniga Sulaymon Sani maydonga tushdi.
🔄 77'. "Paxtakor" tarkibida bir yo'la uchta o'zgarish: Bashar Resan o'rniga Oybek Bozorov, Flamarion o'rniga Dostonbek Hamdamov hamda Stefen Chinedu o'rniga Aymen Husayn maydonga tushdi.
⚠️ 76'. Xavfli vaziyat! Abdurauf Bo'riev jarima maydonchasi yaqinidan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq raqib darvozaboni Koen Kastels ajoyib seyv namoyish etib, to'pni qaytarib qoldi.
74'. Sherzod Nasrullaev olis masofadan chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
⚠️ 71'. Xavfli vaziyat! Naitan Nandes o'ng qanotdan to'pni uzatdi, jarima maydonchasi ichida Tijjani Reynders darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq unga biroz aniqlik yetishmadi.
🔄 69'. "Al Qodisiya" tarkibida qo'shaloq o'zgarish: Musab Al Juvayr o'rniga Muhammad Al Qahtoni, Ali Diabate o'rniga esa Yasir Ash-Shahroni maydonga tushdi.
66'. Stefen Chinedu jarima maydonchasining chap tomonidan markazga to'pni uzatdi, biroq jamoadoshlaridan hech kim to'pga yetib kela olmadi.
🟨 62'. Qo'pol o'yini uchun Ali Diabate sariq kartochka bilan jazolandi.
61'. Akmal Mozgovoy olis masofadan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi.
54'. Zaid Tahsin olis masofadan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi.
51. Xavfli vaziyat! Mehmonlar darvozaboni boshlagan hujum Xulian Kinonesning zarbasi bilan yakunlandi, ammo biroz aniqlik yetishmadi.
49. Xulian Kinonesning olis masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
48. Chinedu sherigini raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga olib chiqishga harakat qildi, ammo sherigi uni tushunmadi.
⏱ 46'. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Bosh hakamning hushtagi yangradi va jamoalar bahsni davom ettirish uchun kurashga kirishdi.
⏸ 45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Bosh hakamning hushtagi yangrab, jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.
Hozircha hisob – 0:1, "Al Qodisiya" foydasiga. Tanaffus!
❌ 45+1. VAR tizimi vaziyatni o'rganib chiqdi va hujum vaqtida o'yindan tashqari holat qayd etilganini ma'lum qildi. Gol bekor qilindi!
⚽️ 45'. GOOOL! "Paxtakor" hisobni tenglashtirmoqda! Flamarion tezkor qarshi hujumni boshlab, to'pni o'ng qanotdagi Bashar Resanga etkazdi. Undan to'pni qabul qilib olgan Akmal Mozgovoy jarima maydonchasi ichiga aniq to'p uzatdi va Stefen Chinedu bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi!
42'. "Al Qodisiya" o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi. Himoyachi Muhammadrasul Abdumajidov qiyinchilik bilan bo'lsa-da, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va xavfni bartaraf etdi.
⚽️ 35'. GOL! Kristofer Baa chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, to'pni markazga uzatdi. U yerda bo'sh turgan Tijjani Reynders aniq zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.
🟨 33'. Bosh hakamning hushtagi chalinganidan so'ng to'pni tepib yuborgani uchun Akmal Mozgovoy sariq kartochka bilan jazolandi.
31'. "Al Qodisiya" tezkor qarshi hujumga o'tdi. Hujum yakunida Xulian Kinones darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.
29'. Mateo Retegi jarima maydonchasi ichidan zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Mehmonlar burchak to'pini o'yinga kiritadi.
🖥 26'. Musab Al Juvayr jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi va Xulian Kinones darvozani aniq nishonga oldi. Biroq yon hakam o'yindan tashqari holat qayd etib, golni hisobga olmadi.
24'. Mateo Retegi olis masofadan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq Vladimir Nazarov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
⚠️ 21'. Xavfli vaziyat! Sherzod Nasrullaev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga aniq to'p uzatdi. Flamarion darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq darvozabon Koen Kastels ajoyib seyv ko'rsatib, to'pni qaytarib qoldi.
⚠️ 15'. Xavfli vaziyat! Bashar Resan chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatib berdi. To'pga chiqib borgan Flamarion bosh bilan darvozaga zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi.
14'. "Al Qodisiya" himoyadan oldingi chiziqqa uzun uzatma amalga oshirdi. "Paxtakor" darvozaboni Vladimir Nazarov vaziyatni to'g'ri baholab, o'z vaqtida oldinga chiqdi va to'pni autga chiqarib yubordi.
9'. Hojiakbar Alijonov jarima zarbasidan to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga uzatib berdi, ammo himoyachi Ali Diabate to'pni bosh bilan qaytarib, xavfni bartaraf etdi.
6'. Kristofer Baa chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi, ammo himoyachi Zaid Tahsin to'p yo'liga g'ov bo'lib, uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Mehmonlar autdan to'pni o'yinga kiritadi.
⚠️ 3'. Xavfli vaziyat! Sherigining uzatmasidan so'ng Tijjani Reynders darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan edi. Biroq himoyachi Zaid Tahsin ortdan katta tavakkal bilan podkat ishlatib, to'pni olib qo'ydi va xavfni bartaraf etdi.
⏱ 1'. Bosh hakamning hushtagi yangradi va uchrashuvga start berildi. To'pni maydon markazidan mehmonlar – "Al Qodisiya" futbolchilari o'yinga kiritishdi.
Jamoalar maydonga tushib kelishdi. "Paxtakor" sariq, "Al Qodisiya" esa och qizil rangli liboslarda to'p tepadi. Hammasi o'yin boshlanishiga tayyor.
Kommentariyalar