Elit Osiyo Chempionlar ligasi 8-turida "Nasaf" BAAda "Sharja" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

30-daqiqada Zafarmurod Abdirahmatovning uzatmasidan so'ng Bobir Abdixoliqov gol urdi.

80-daqiqada Kayo Lukas muvozanatni penaltidan urilgan gol evaziga tikladi.

87-daqiqada Diyorbek Abdunazarov qanotdan yorib kirib, o'zining pushka zarbasi bilan "ajdarlar"ga 3 ochko keltirgan gol muallifi bo'ldi.

"Nasaf" 4 ochko bilan 11-o'ringa ko'tarildi. "Sharja" 8 ochko bilan 9-o'rinni egalladi va umumiy bosqichdayoq ishtirokini yakunladi.

Elit OChL. 8-tur
16.02.2026, 21:00. Sharja stadioni (Sharja)
Sharja - Nasaf - 1:2
Gollar: 30' 0:1 - B. Abdixoliqov (Z. Abdirahmatov), 80' 1:1 - Kayo Lukas (penaltidan), 87' 1:2 - D. Abdunazarov (S. Bahromov).

Manba: www.stadion.uz.