Elit OChL 1-turida "Nasaf" "Al-Ahli"ga safarda mag'lub bo'ldi - 2:4.

Birinchi bo'limda Husayn Norchaev ikki bor gol urib, taymda vakillarimizning g'alabasini ta'minlagan edi.

Ikkinchi bo'limning 65-daqiqasida darvozabonimiz Abduvohid Ne'matovning to'pga chiqishdagi qo'pol xatosidan so'ng Entso Miyo hisobdagi farqni qisqartirdi. 68-daqiqada yana o'sha Miyo jarima maydoni ichidagi parokandalikdan foydalanib ketdi - 2:2. 90+4-daqiqada Riyod Mahrez o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga yorib kirdi va darvozani aniq nishonga oldi. 90+15-daqiqada Muhammad Sulaymon burchak zarbasidan amalga oshirilgan kombinatsiyadan so'ng yakuniy hisobni o'rnatdi - 4:2.

"Nasaf" ikkinchi turda "Al-Hilol"ni qabul qiladi (29 sentyabr). "Al-Ahli" "Al-Duhayl" maydoniga safar qiladi.

Elit OChL, 1-tur

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) – "Nasaf" (O'zbekiston) 4:2

15 sentyabr. 23:15, «King Abdullah Sports City»

Gollar: 0:1 – 34, Husayn Norchaev (Murod Rahmatov), 0:2 – 41, Husayn Norchaev (Oybek Bozorov), 1:2 – 65, Enzo Miyo, 2:2 – 68, Enzo Miyo, 3:2 – 90+4, Riyad Mahrez (Matteo Dams), 4:2 – 90+15, Muhammad Sulaymon (Abu Al Shamat)
"Al Ahli": 16.Eduar Mendi, 9.Al Buraykan (5.Muhammad Sulaymon, 46), 30.Al Johani (47.Abu Al Shamat, 62), 32.Matteo Dams, 28.Merih Demiral (20.Mateus Gonshalvesh, 46), 3.Rojer Ibanes, 8.Riyad Mahrez, 27.Majrashi (6.Valenten Atangana, 62), 79.Frank Kessi, 10.Enzo Miyo (29.Muhammad Abdulrahmon, 84), 17.Ayven Toni.
Zaxira: 1.Al Sanbi, 62.Abdo, 88.Al Haybri, 95.Fallata, 46.Hamidu
"Nasaf": 35.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murod Rahmatov (10.Dragan Cheran, 65), 18.Husayn Norchaev (20.Yusuf Otubanjo, 84), 19.Stefan Cholovich (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 65), 22.Igor Golban, 24.Sardor Bahromov, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (14.Sharof Muhitdinov, 75), 92.Umar Eshmurodov (9.Javohir Sidiqov, 84)
Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 17.Suhrob Nurulloev, 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Bahodir Xalilov, 55.Diyor Abdunazarov, 71.Javohir Ubaydullaev, 82.Asilbek No'monov.
Ogohlantirishlar: Sardor Bahromov (47), Rojer Ibanes (48), Zafarmurod Abdurahmatov (54), Enzo Millot (63)
Chetlatish: Alibek Davronov (90+13)

Manba: www.stadion.uz.