Bugun «Nasaf» BAAda OChL Elit musobaqasi so'nggi turida «Sharja» klubi mehmoni bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Bugungi uchrashuvni ummonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O'yin rasmiylari bilan tanishing:

  • Bosh hakam: Ahmed Abu Bakar Said al-Kaf (Ummon);

  • Qanot hakamlari: Al-Amri Abu Bakar Salim Mahad va Rashid Hamed Ali al-Gayti (Ummon);

  • To'rtinchi hakam: Mahmud Salim Said Humayd al-Majarafi (Ummon);

  • Uchrashuv komissari: Fahad Albarrak (Quvayt);

  • Yordamchi hakam: Alshalvay Abdulla Mutlaq (Saudiya Arabistoni).