Elit OCHL. Ashurmatov va Masharipov jamoasi mehmonda yutdi, "Al Ayn" yirik g'alabani tantana qildi

O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Rustam Ashurmatov va Jaloliddin Masharipov to'p tepadigan Eronning “Istiqlol” jamoasi Qatarning “Al Garafa” mehmoni bo'ldi. Bahs 2:1 hisobida eronliklar g'alabasi bilan yakun topdi. Ikkala o'zbekistonlik bahsni asosiy tarkibda boshladi. Masharipov 44-daqiqada sariq kartochka oldi va 53-daqiqada almashtirildi. Ashurmatov bahsda to'liq ishtirok etdi.
“Al Garafa” - “Istiqlol” 1:2
Gollar: Sassi 48 - Asani 37, Gurdazi 60.
Navbatdagi bahsda “Al Ayn” "Iroqning “Eyr Fors” jamoasi mehmoni bo'ldi. Uchrashuv 4:1 hisobida BAA jamoasi g'alabasi bilan yakun topdi.
“Eyr Fors” - “Al Ayn” 1:4
Gollar: Javad 89 - Kaku 13, Al Rosan 18 (avtogol), E. Rahimi 23, E Rahimi 43.
Kommentariyalar